QISQACHA…

YELENA LOPATKO AKTYORLIK STUDIYASI

Toshkentda avval ko’plab teatr studiyalar, talabalik va Xalq teatrlari bo’lgan. Biz bu ajoyib an’anani tiklamoqchimiz.

Yosh va professional tayyorgarlikning ahamiyati yo’q.  Agar aktyorlik mahoratini o’rganaman desangiz, spektakllarda ishtirok etamoqchi bo’lsangiz, teatr bilan jiddiy va ishtiyoq bilan shug’ullanishni istasangiz – biz sizni kutamiz!

O’z qobiliyatingizga shubha qilmang. Umuman qobiliyatsiz inson bo’lmaydi.  Sizning iste’dodingiz darajasini faqatgina amaliyotda aniqlash mumkin. Aynan shu bilan biz shug’ullanamiz.

Aktyorlik studiyasining ta’lim dasturi K. Stanislavskiyning tizimiga, Ye. Vaxtangov, V. Meyerxold, M. Chexov va teatrning boshqa  buyuk arboblari tajribasiga asoslanadi. Resjissyor Yelena Vladimirovna Lopatkoning teatrdagi ko’p yillik tajribasi asosida tekshirilgan mashg’ulot va etyudlar to’plami sizni tanangiz va ovozingizni boshqarishga o’rgatadi, ijodiyda yangi xususiyat va chuqurliklarni ochib beradi, tasavvur qilish kuchingizni butun quvvat bilan ishlashiga yo’riqlaydi va aktyor hayotida lozim bo’lgan ko’plab xususiyatlarni rivojlantirb beradi.

Ko’plab insonlar aktyor taqdiri to’grisida orzu qiladi, ammo uyatchanligi va turli vaziyatlarga ko’ra boshqa kasbni tanlaydilar. Ammo Siz orzuingizni bizning Aktyorlik studiyamizda amalga oshirishingiz mumkin.

MUTAXASSISLAR

Aktyorlik studiyasi badiiy rahbari

Yelena Lopatko

Rejissyor, Aktyorlik mahorati bo’yicha 35 (!) yillik tajribaga ega o’qituvchi.

Pedagog sifatida ish tajribasi:
— Toshkent Davlat San’at Instituti, Rejissyorlik fakultetida Aktyor mahorati fani bo’yicha
— Toshkent Estrada Sirk kollejida Sahnaviy nutq va Aktyor mahorati fanlari bo’yicha
— O’zbekiston Rus Dramaturgiyasi Akademik Teatri qoshidagi bir necha studiya-maktablarda Aktyor mahorati bo’yicha
— Toshkendagi Bolalar Teatr —Studiyasi «LIK» asoschisi va rahbari (1985 yildan buyon)
— FOCUS teatr-studiyasi Badiiy rahbari, Rejissyor.

Светлана Пашковская

Boshlang’ich aktyorlik bosqichlarining rahbari

Svetlana Pashkovskaya

Akademik Rus Drama Teatri va Aladdin (Aloviddin) Teatr Markazining aktrisasi. 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega.

MAVZULARDAN BA’ZILARI

— Qayg’urish va tasavvur qilish maktablari
— Aktyorlar e’tibori. Ikkinchi xotira
— Xarakterning ifodaliligi
— Fizik, psixologik va psixofizik jarayon
— Personajning fizik noodatiyligini toppish
— Xarakter va xatti-harakat chizig’ining tuzilishi
— Ichki va tashqi hayotning o’zaro aloqasi
— Dinamika asoslari va xarakterning ifodaliligi
— «Qizil chiziq» harakati
— Yuqori masala (сверхзадача)
— Personajning psixologik ziddiyati
— Parcha va rolning yasalishi
— Ichki rasm.. Tashqi rasm

FORMAT

DOIMIY KURS

Shartli ravishda 3 oydan bir necha bosqichga bo’lingan. Narx tayyorlanish darajasiga bog’liq.

— haftasiga 2 marotaba
— guruhda tinglovchilar soni 10 tadan oshmaydi

1 bosqich
1 500 00024 dars uchun
  • Tana qisiqlaridan holi bo'lish
2 bosqich
1 500 00024 dars uchun
  • Aktyorlik mahoratining asoslarini o’rganish
3 bosqich
1 080 00024 dars uchun
  • Sahna amaliyoti

INTENSIV
48 dars uchun 2 500 000 so'm

— Haftada 4 marotaba
— Guruh 15 kishidan oshmaydi

SIZ BUNDAN NIMALARNI BILIB OLASIZ VA NIMALARGA EGA BO’LASIZ?

— Psixologik va tana qisiqlaridan xalos bo’lish
— Notabiiy sharoitlarda tabiiy xatti-harakat asoslari
— Tasavvur, e’tibor va fantaziyani rivojlanitirish
— Turli aktyorlik maktablarining metodika va mashqlarini o’rganish
— Aktyorning «ichki mayog’ini haraktga keltirish»
— Holat-sharoitlarga ishonchni rivojlantirish
— Ichki monolog va ko’rishni rivojlantirish

Menyu