QISQACHA…

SSENARIY USTAXONASI RAHBARINING TINGLOVCHILARGA MAKTUBI

Meni (kasbim bo’lganligi va “O’zbekkino” Milliy agentligining badiiy yig’inlarida qatnashib turganim sababli) ko’plab ssenariylarni ularni ishlab chiqishga berishdan avval, o’qishimga to’gri keladi. Shunday paytlar ham bo’lgan-ki, menga “Siz shuni suratga olib berishingizni istayman” deya kelishgan va ko’pincha bunday ssenariylarni na o’qigim, na shu ssenariy bo’yicha film suratga olgim kelardi.

Ammo muammo nafaqat yozuvchilarning chuqur professionaliklari yo ularning “buyuk ambitsiyalarida”dir, balki ba’zan insonlarning bir necha so’zlarni terib, yozishni o’rganib olganliklari va aynan shu bo’yicha film suratga olish mumkin deya hisoblashlaridadir. Lekin afsuski, men bu hodisani o’z nomi ila nomlashim mumkin – “Agressiv diletantizm”.

Ssenarist  –  nihoyatda chuqur va ma’suliyatli kasbdir! O’z qonun-qoidalariga, o’z cheklanmalariga va adabiyotdan farq qiluvchi o’z xususiyatlariga egadir. Shuningdek, bu ikki sohaning o’rtasida o’xshashliklar ham mavjuddir. Aynan shu masala bo’yicha bor o’y-fikrlarim bilan Focus Schoolda ishga tushirayotgan Master-klasslarimizda  bo’lishishmoqchiman.

Biz urg’uni asosan nazariy emas, amaliy mashg’ulotlarga beramiz. Faqatgina yozishni biladiganlarni taklif etaman. Men uchun sizning kasbingizni ahamiyati yo’q, eng asosiysi – yozishni bilsangiz bas.

Dasturimizning asosiy maqsadi – yozish, vazifalarni bajarish, ularni muhokama qilish va ssenariylarni “davolash”. Natijada, siz o’nta asar, shu jumladan, klassik asar bo’yicha ssenariy yozasiz.Qisqa metrajli film ssenariysini yaratish esa asosiy vazifaga aylanadi. Biz ko’rib chiqadigan masalalar doirasi ancha katta, “bir o’tirishda” ularni barchasini yoritishning esa iloji yo’q. Bularning barchasi haqida batafsil ma’lumotni  oktyabr oyida Ssenariy ustaxonasiga kelsangizgina bilib olasiz.

RAHBAR

Zulfiqor Musoqov

Rejissyorlik maktabi va ssenaristlar ustaxonasining badiiy rahbari

— Ssenarist, kinorejissyor.
— O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan san’at arbobi
— «Mehnat Shuxrati» ordeni sohibi
— Ko’plab xalqaro mukofotlar sovrindori
— Ssenariylar muallifi va 25 dan ortiq filmlar rejissyori
— To’liq ma’lumot Wikipediada

ASOSIY MAVZULAR

— G’oyaning muhimligini baholash
— Badiiy va documental film ssenariysi
— Ssenariy tuzilishi va tarkibi
— Asarda hodisa-jarayon tartibi
— Janr, syujet
— Badiiy obraz
— Murakkab masala (Сверхзадача)
— Voqeada xatti-harakatlar (Сквозное действие)
— Personaj turlari va boshqalar

FORMAT

MASTER-KLASSLAR

— Haftasiga 1 marotaba. 20 dars
— 2.5 soatdan tanaffuz vaqtida kofe-breyk
— 19:00 dan 21.00 ga qadar
— O`qitish ikki tilda olib boriladi (uzb/rus)

To'lov miqdori: 4 500 000 so'm 6 oy uchun

— Bir necha yo’nalishdagi mashg’ulotlarni birlashtirish — mumkin
— Ta’limni birlashtirganda FOCUS maktabi xarajatlarni 20 foizga pasaytirishga kafolot beradi

IMTIHONLAR 1 YILDA BIR MAROTABA BO'LADI

ADABIYOTLAR RO`YHATI

Maktabga kirish uchun

— A. Chexov “Olchazor”
— N. Gogol “Revizor”
— L. Tolstoy “Urush va Tinchlik”
— A. Pushkin “Yevgeniy Onegin”
— M. Lermontov. “Zamonamiz qahramoni”
— F. Dostoevskiy. “Jinoyat va jazo”
— Antuan de Sent-Ekzyuperi. “Kichkina shahzoda”
— M. Zoschenko. Hikoyalar.
— Hamza Hakimzoda Niyoziy. “Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi”
— A. Qodiriy “O’tgan kunlar”
— A. Navoiy. “Farhod va Shirin”
— I. Turgenev. “Mumu”
— E. Xeminguey. “Chol va dengiz”
— M. Bulgakov. “Usta va Margarita”
— U. Shekspir. Sonetlar
— M. Gorkiy. “Tubanlikda”
— M. Sholoxov “Inson taqdiri”

O’ZBEK VA RUS TILIDAGI KITOBLARNI BU YERDAN OLISHINGIZ MUMKIN → http://telegram.me/focusfilmuz

SIZ NIMALARNI BILIB OLASIZ VA NIMALARGA EGA BO’LASIZ?

— Individual yondashuv
— Ta’lim dasturi doirasida yaratilgan ssenariy va sinopsislar Nazariy va amaliy bilimlar
— Kelajakda tatbiq qilish maqsadidagina ishlab chiqiladi