Toshkentda avval ko’plab teatr studiyalar, talabalik va Xalq teatrlari bo’lgan. Biz bu ajoyib an’anani tiklamoqchimiz.
Yosh va professional tayyorgarlikning ahamiyati yo’q. Agar aktyorlik mahoratini o’rganaman desangiz, spektakllarda ishtirok etamoqchi bo’lsangiz, teatr bilan jiddiy va ishtiyoq bilan shug’ullanishni istasangiz – biz sizni kutamiz!
O’z qobiliyatingizga shubha qilmang. Umuman qobiliyatsiz inson bo’lmaydi. Sizning iste’dodingiz darajasini faqatgina amaliyotda aniqlash mumkin. Aynan shu bilan biz shug’ullanamiz.
Aktyorlik studiyasining ta’lim dasturi K. Stanislavskiyning tizimiga, Ye. Vaxtangov, V. Meyerxold, M. Chexov va teatrning boshqa buyuk arboblari tajribasiga asoslanadi. Resjissyor Yelena Vladimirovna Lopatkoning teatrdagi ko’p yillik tajribasi asosida tekshirilgan mashg’ulot va etyudlar to’plami sizni tanangiz va ovozingizni boshqarishga o’rgatadi, ijodiyda yangi xususiyat va chuqurliklarni ochib beradi, tasavvur qilish kuchingizni butun quvvat bilan ishlashiga yo’riqlaydi va aktyor hayotida lozim bo’lgan ko’plab xususiyatlarni rivojlantirb beradi.
Ko’plab insonlar aktyor taqdiri to’grisida orzu qiladi, ammo uyatchanligi va turli vaziyatlarga ko’ra boshqa kasbni tanlaydilar. Ammo Siz orzuingizni bizning Aktyorlik studiyamizda amalga oshirishingiz mumkin.