Meni (kasbim bo’lganligi va “O’zbekkino” Milliy agentligining badiiy yig’inlarida qatnashib turganim sababli) ko’plab ssenariylarni ularni ishlab chiqishga berishdan avval, o’qishimga to’gri keladi. Shunday paytlar ham bo’lgan-ki, menga “Siz shuni suratga olib berishingizni istayman” deya kelishgan va ko’pincha bunday ssenariylarni na o’qigim, na shu ssenariy bo’yicha film suratga olgim kelardi.
Ammo muammo nafaqat yozuvchilarning chuqur professionaliklari yo ularning “buyuk ambitsiyalarida”dir, balki ba’zan insonlarning bir necha so’zlarni terib, yozishni o’rganib olganliklari va aynan shu bo’yicha film suratga olish mumkin deya hisoblashlaridadir. Lekin afsuski, men bu hodisani o’z nomi ila nomlashim mumkin – “Agressiv diletantizm”.
Ssenarist – nihoyatda chuqur va ma’suliyatli kasbdir! O’z qonun-qoidalariga, o’z cheklanmalariga va adabiyotdan farq qiluvchi o’z xususiyatlariga egadir. Shuningdek, bu ikki sohaning o’rtasida o’xshashliklar ham mavjuddir. Aynan shu masala bo’yicha bor o’y-fikrlarim bilan Focus Schoolda ishga tushirayotgan Master-klasslarimizda bo’lishishmoqchiman.
Biz urg’uni asosan nazariy emas, amaliy mashg’ulotlarga beramiz. Faqatgina yozishni biladiganlarni taklif etaman. Men uchun sizning kasbingizni ahamiyati yo’q, eng asosiysi – yozishni bilsangiz bas.
Dasturimizning asosiy maqsadi – yozish, vazifalarni bajarish, ularni muhokama qilish va ssenariylarni “davolash”. Natijada, siz o’nta asar, shu jumladan, klassik asar bo’yicha ssenariy yozasiz.Qisqa metrajli film ssenariysini yaratish esa asosiy vazifaga aylanadi. Biz ko’rib chiqadigan masalalar doirasi ancha katta, “bir o’tirishda” ularni barchasini yoritishning esa iloji yo’q. Bularning barchasi haqida batafsil ma’lumotni oktyabr oyida Ssenariy ustaxonasiga kelsangizgina bilib olasiz.